LEMON tour

Lemon Tour kompaniyasi uchun Bitrix24 CRM tizimini joriy etdik va biznes jarayonlarini raqamlashtirdik.

Loyiha doirasida mijozlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun CRM tizimi sozlandi. Mijoz ma'lumotlarini kiritish uchun maxsus forma yaratildi, unda pasport berilgan sanasi va amal qilish muddati kabi muhim maydonlar qo‘shildi.

Shuningdek, kompaniyaning daromad, kirim va chiqimlarini hisobga olish tizimi ham CRM ichida yo‘lga qo‘yildi.

Avval kompaniya barcha hisobotlarni Excel fayllari orqali yuritgan. CRM tizimi joriy etilgach, barcha ma'lumotlar yagona tizimda boshqariladigan bo‘ldi. Bu esa ma'lumotlarni nazorat qilish, hisobotlarni tez shakllantirish va ish jarayonlarini samarali tashkil qilish imkonini berdi.

Dastlab tizimni o‘zlashtirish uchun 1 hafta davomida qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan edi. Biroq tizim jamoa uchun yangi bo‘lgani sababli, mijoz tizimni to‘liq o‘zlashtirishi uchun 3 hafta davomida amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatildi.